“Zo’ravonlik – bugungi kunning dolzarb muammosi”

Zomin qishloq xo’jaligi va maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida “Zo’ravonlik – bugungi kunning dolzarb muammosi” mavzusida treyning-dars.
2011 yil 25-mart kuni BMTTD Zomin internet resurs markazi a’zolari Zomin qishloq xo’jaligi va maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida “Zo’ravonlik – bugungi kunning dolzarb muammosi” mavzusida treyning-dars o’tqazdilar. Unda mazkur kollejning 11-1-huquq guruhning 19 nafar talabalari va o’qituvchisi Xolmatov Usmon aka ishtirok etdi. Treyning-darsni Davron Do’stov va markazimiz valantyori Raxmonova Nargizalar olib borishdi. Unda bizga kollejning informatika o’qituvchisi O’rolov Abdurashid aka yaqindan yordam berdi. Treyning-dars davomida talabalar bilan zo’ravonlik va uning yomon oqibat va illatlari haqida baxs munozaralar va fikrlar almashildi.

Umumiy%20ko%27rinish.JPG

Dars qisqacha tanishuv, mavzuning e’loni va kelishuvlar bilan boshlandi. Shundan so’ng ishtirokchilarga zo’ravonlik haqida qisqacha kirish ma’lumotlari yetkazildi. Shundan so’ng ularni uch guruhga bo’linib zo’ravonlik nima va uning sabablari haqida miniguruhlarda ishladilar. Har bir guruh o’z ishini taqdimot qilib berdi.
Shundan so’ng Davron Do’stov zo’ravonlikning ko’rinishlari (Виды насилия) haqida ma’lumotlarni talabalarga yetkazdi va birgalikda buni muhokama qillishdilar. Shundan so’ng Zo’ravonlikni darajalari ham muhokama qilindi.

ish%20ustida.JPG taqdimot.JPG

Zo’ravonlik haqida ko’plab ma’lumotga ega bo’lganlaridan so’ng talabalar uning yechimlari haqida ham fikr mulohazalar almashdilar. Ishtirokchilar treyning-dars davomida zo’ravonlik haqida ko’p narsalarni organishganini va ularni boshqalarga ham yetqazishlarini takidlashdilar.
Dars yakunida umumiy xulosalar chiqarildi, ishtirokchilar bilan manzil va telefonlar almahsildi, talabalarni Markazimizga taklif qilindi.
Davron.