Zaamin - Turkman qishlog’ida seminar.

31-mart kuni Turkman qishlog’idagi Zomin tuman ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Zo’ravonlik – bugungi kunning dolzarb muammosi” mavzusida seminar.

boshiga.JPG

2011 yil 31-mart kuni BMTTD Zomin internet resurs markazi a’zolari Turkman qishlog’idagi Zomin tuman ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Zo’ravonlik – bugungi kunning dolzarb muammosi” mavzusida seminar o’tqazdilar. Unda mazkur kollejning 1-09, 2-10, 3-10, 4-09-guruhning jami 53 nafar talabalari, shu jumladan25 nafar o’g’il va 28 nafar qiz bolalar hamda kollejning informatika o’qituvchisi Hudoyboqov Bekzod aka ishtirok etdi. Seminarni Davron Do’stov va Sardor Bahriddinovlar olib borishdi. Seminar davomida talabalar bilan zo’ravonlik va uning yomon oqibat va illatlari haqida baxs munozaralar va fikrlar almashildi.

ikkinchi.JPG ikkinchi%201.JPG

Uchrashuv qisqacha tanishuv, mavzuning e’loni va kelishuvlar bilan boshlandi. Keyin ishtirokchilarga zo’ravonlik haqida qisqacha kirish ma’lumotlari yetkazildi. Shundan so’ng ularni besh guruhga bo’linib zo’ravonlikni ko’rinishlari va uning yechimlari haqida miniguruhlarda ishladilar. Har bir guruh o’z ishini taqdimot qilib, ularini har hil tasvirlar yordamida ifodalab berdilar. Taqdimot davomida yo’l qoyilgan hato va kamchiliklarni ishtirokchilar va trenerlar to’ldirib bordilar.

uchunchi.JPG uchinchi%201.JPG

Kichik guruhlardagi muhokamalardan so’ng “Zo’ravonlik – zamonaviy dunyoning dolzarb muammosi” mavzusidagi taqdimot (power point) namoyish etildi va unda Zo’ravonlikni ko’rinishlari , uning darajalari, undan chiqish yechimlari haqida mukammalroq bilim tushunchalarga ega bo’ldilar. Shundan so’ng guruhlarga alohida-alohida zo’ravonlik bilan bog’liq bo’lgan muammoli vaziyatlar berildi. Har guruh bu vaziyatni yechimini ko’rsatib berishga harakat qildilar.
Shundan so’ng ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa savollarga trenerlar javob berdilar.

to%27rt.JPG yo%27rt%201.JPG

Dars yakunida ishtirokchiarni fikr va takliflari olindi, telefon va manzillar almashildi va esdalik uchun rasmga tushildi, talabalarni Markazimizga taklif qilindi.

Davron.