Zaamin - Seminar “Yoshlar – zo’ravonlikka qarshi”

29-mart kuni Quduqcha qishlog’idagi Zomin maishiy xizmat va transport kasb-hunar kollejida “Yoshlar – zo’ravonlikka qarshi” mavzusida seminar.

29-mart kuni Quduqcha qishlog’idagi Zomin maishiy xizmat va transport kasb-hunar kollejida “Yoshlar – zo’ravonlikka qarshi” mavzuidagi seminar tashkil etildi. Uni markazimizdan Davron Do’stov, Sardor Bahriddinov va Bahodir Tuganovlar otib berishdilar. Unda kollejning 105, 107 va 108-guruhlaridan jami 38 nafar, shu jumladan 23 nafar o’g’il va 15 nafar qiz bolalar ishtirok etdilar.

bahodir.JPG Umumiy%20k.JPG

Dars davomida talabalar bilan birgalikda bugungi kunda jamiyatda sodir etilayotgan zo’ravonlik ko’rinishlari, uning keltirib chiqarayotgan ayanchli oqibatlari haqida gaplashildi. Manashu zo’ravonlikni bartaraf etish yo’llari haqida fikrlar almashildi. Talabalar bilan 4 kichik guruhga bo'linib zo'ravonlik ko'zrinishlari va ularning sabablari haqida muhokama qilindi va har bir guruh o'z ishini taqdiot qilib berdilar.

Ish%20jarayoni.JPG taqdimotQ.JPG

Shundan so'ng talabalar bilan bubungi kunda o'z atrofida qanday zo'ravonlik holatlari sodir bo'lyotganligi haqida munozara o'rtaga tashlandi. Ularni fikrlari eshitilgach har bir kichik guruhga muammoli vaziyat berildi va uning yechimini topish topshirildi. Har bir guruh o'z muammoli vaziyatini hal qillish yo'llarini taqdimot qilib berdilar. Ularning fikr va mulohazalarini treynerlar to'ldirib bordilar.

jarayon.JPG muhokama.JPG

Seminar davomida bizning TOT da o’rganib kelgan bilim va ko’nikmalarimiz, statistik ma’lumotlar keltirildi. Yakunda talabalar bubungi seminardan o’zlari uchun ko’p bilimlar olganliklarini takidladilar.
Davron.